» » Toshkent viloyatida 28 yoshli ayol o‘ziga gap otgan notanish yigitni pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Toshkent viloyatida 28 yoshli ayol o‘ziga gap otgan notanish yigitni pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi


Toshkent viloyatining Parkent tumanida 28 yoshli ayol 22 yoshli yigitni pichoqlab qo‘ydi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 4-fevral kuni taxminan soat 22:00 larda 28 yoshli M.Sh. ishdan qaytayotgan bo‘lgan. Ko‘cha boshida unga notanish bo‘lgan 22 yoshli A.T. bilan o‘rtalarida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

Janjal vaqtida ayol yonidagi ochilib yopiladigan pichoq bilan yigitning chap ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.

Yigit esa shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu moddada 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.|

Mavzuga doir: Jizzaxda 2 erkak o‘rtasida rashk sababli boshlangan janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют