» » O‘zbekistonda oxirgi 3 yil davomida 100 dan ortiq quruvchi baxtsiz hodisalar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

O‘zbekistonda oxirgi 3 yil davomida 100 dan ortiq quruvchi baxtsiz hodisalar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi


O‘zbekistonda hozirda 22 mingta qurilish tashkiloti davlatga soliq to‘lab, qonuniy tarzda faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qurilish vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

Anjumanda aytilishicha, oxirgi 2 yil davomida respublika bo‘yicha 3070 ta obyekt qurilgan bo‘lsa, shundan 186 tasi tenderdan o‘tgan. Qolgani buyurtmachilar orqali tanlanib, pudratchi tashkilotlarga berib yuborilgan. Natijada qurilish jarayoni va unda yuzaga kelgan kamchiliklarni nazoratga olish, shaffoflikni ta’minlash ancha qiyin kechgan.

—Ochig‘i, vazirligimiz shu paytga qadar qurilish-pudrat tashkilotlarini o‘z holiga qo‘yganligi tufayli ular faoliyatini 100 foiz nazorat qilolmagan. Buni yana bir sababi borki, qurilish firmalari xususiy tadbirkorlik subyekti hisoblanadi va shu bois ham faoliyatiga aralasha olmaganmiz. Statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarda mamlakatdagi jami qurilish tashkilotlari soni 36 mingta ekanligi qayd qilingan. Ammo soliq organlari hisob-kitobiga ko‘ra, muntazam ravishda soliqlarni to‘lab kelayotgan va ishlayotgan firmalar soni 22 mingtani tashkil qilmoqda.

Hozirgi kunda qurilish tashkilotlari reytingini tuzish masalasi ko‘rib chiqilyapti. Biz bu tizim orqali ularni nazorat qilish jarayoniga kirib bormoqchimiz. Belgilangan kategoriyalarni bajargan firmalar reytingga qo‘shiladi va ular tenderda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Reyting talablarini vaqtida bajarmagan pudratchilar “qora daftar”ga tushadi va tenderlarda ishtirok etolmaydi. 2021-yilgacha “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga reytingdan joy olgan tashkilotlarning qancha ishchisi mavjudligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot kiritiladi. Shuningdek, qurilish-pudrat tashkilotlari texnik-xavfsizlik talabini ham ishlab chiqyapmiz”, — dedi Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakili Nozima Sulaymonovaning ta’kidlashicha, oxirgi 3 yilda ichida birgina qurilish sohasida 302 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan. Ular oqibatida 119 nafar ishchi vafot etgan, 117 nafari esa og‘ir tan jarohati olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют