» » Qozog‘iston prezidentining kenja qizi To‘maris haqidagi filmga prodyuserlik qiladi

Qozog‘iston prezidentining kenja qizi To‘maris haqidagi filmga prodyuserlik qiladi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya Nazarboyeva To‘maris haqida tasvirga olinadigan filmning bosh prodyuseri bo‘ldi. Yaqin vaqt ichida Qozog‘istonda filmdagi rollar uchun umumrespublika kastingi e’lon qilinadi. Bu haqda, “Qozoqfilm” kinostudiyasi axborot xizmatiga tayanib, “Nur.kz” xabar berdi.

Keng ko‘lamli tarixiy filmni suratga olishga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlangan. Loyiha Qozog‘iston Madaniyat va sport vazirligi buyurtmasiga binoan “Satayfilm” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Fimning rejissori Akan Satayev. Uning aytishicha, film g‘oyasi Aliya Nazarboyevaga tegishli. Tasvirga olish ishlari 2017-yil oktabr oyida boshlanadi va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi. Film ssenariysi muallifi — Aliya Nazarboyeva va Timur Jaksilikov.

Rejissorning ta’kidlashicha, To‘maris haqidagi film xalqaro miqyosda katta qiziqishga sabab bo‘ladi. Filmning Qozog‘istondagi taqdimoti 2018-yil dekabr oyiga rejalashtirilgan.

Kartina miloddan avvalgi VI asrda bo‘lib o‘tgan voqealar, ya‘ni massagetlar malikasi To‘maris boshchiligidagi sak qabilalarining fors qiroli Kir II ga bergan qaqshatqich zarbasi haqida hikoya qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют