» » OChL. “Paxtakor”dan qiyin g‘alaba, “Bunyodkor”ga “salom” yo‘llagan forslar va Manjukichning debyut goli. G‘arb mintaqasida tur tafsilotlari

OChL. “Paxtakor”dan qiyin g‘alaba, “Bunyodkor”ga “salom” yo‘llagan forslar va Manjukichning debyut goli. G‘arb mintaqasida tur tafsilotlari


Osiyo Chempionlar Ligasining 2020-yilgi mavsumi start oldi. “Daryo” g‘arb mintaqasining 1-tur tafsilotlari bilan tanishtiradi.

Musobaqani “B” guruhi vakillari boshlab berdi, dastlabki bahs Toshkentda “Paxtakor” va “Shabob al-Ahli” jamoalari o‘rtasida kechdi. Noqulay ob-havo sharoitida o‘tgan o‘yinda “sherlar”ning qo‘li baland keldi.

O‘yinning 18-daqiqasida Jaloliddin Masharipov darvozabonning ustidan to‘pni oshirgan holda turning eng chiroyli gollaridan biriga muallif bo‘ldi. Bu musobaqa yangi mavsumining ilk goli bo‘lib tarixga kirdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib mehmonlar Pedro Kondening golidan keyin muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq oradan uch daqiqa o‘tib Dragan Cheran o‘yindagi g‘alaba to‘pini kiritdi. Shu tariqa Shota Arveladze shogirdlari OChL—2020 musobaqasini g‘alaba bilan boshladi. Shuningdek, “Paxtakor” musobaqadagi ketma-ket yettinchi uy uchrashuvida mag‘lub bo‘lmadi.

Mavzuga doir: OChL. “Paxtakor” ketma-ket 7 ta uy uchrashuvida mag‘lub bo‘lmadi, so‘nggi bor jamoa 2015-yilda yutqazgandi

Guruhning ikkinchi uchrashuvi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” va Eronning “Shahr Xordo” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning amaldagi chempioni mazkur uchrashuvni o‘z foydasiga hal qila oldi.  Ikki legioner — Andre Karrilyo va Bafetimbi Gomisning gollari saudiyaliklarga g‘alaba olib keldi.

Keyingi turda “Paxtakor” 17-fevral kuni “Shahr Xordo”ni qabul qiladi. “Hilol” esa BAAda mehmon bo‘ladi.

“A” guruhidagi har ikki o‘yinda ham 1:1 hisobidagi natijalar qayd etildi.

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov harakat qilayotgan “Sharja” o‘z maydonida “At-Tavun” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvning 34-daqiqada Faysal Darvish tomonidan kiritilgan gol mehmonlarga uch ochko taqdim etdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida “Ad-Duhayl” jamoasi “Persepolis” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 5-daqiqada Mario Manjukich hisobni ochdi, bu xorvatiyalik futbolchi uchun Osiyo Chempionlar Ligasidagi debyut gol bo‘ldi. 13-daqiqada Edmilson Junior qatarliklarning ikkinchi golini urdi.

“D” guruhida ham qiziqarli natijalar qayd etildi. “Bunyodkor”ni pley-off bosqichida qoldirib ketgan “Al-Ayn” o‘z maydonida “Sepaxon”ni qabul qildi. Uchrashuvda forslar amirliklar darvozasini javobsiz to‘rt bor o‘qqa tutdi. Guruhning ikkinchi o‘yini yetakchilar o‘rtasida kechdi. Saudiya Arabistonining “An-Nassr” va Qatarning “As-Sadd” jamoalari jangovar duranga imzo chekdi.

OChL

1-tur bahslari

10-fevral, dushanba

A guruhi

Gollar: 0:1 — 24, avtogol Husam Kadim, 1:1 — 48, penalti Ali Fayz Atiyah

Gollar: 0:1 — 60 Abdulfattoh Asiriy, 1:1 — 90 Rim Chan Vu

B guruhi

Gollar: 1:0 — 18 Jaloliddin Masharipov, 1:1 — 67 Pedro Konde, 2:1 — 70 Dragan Cheran.

Gollar: 1:0 — 45 Andre Karrilyo, 2:0 — 69 Bafetimbi Gomis

11-fevral, seshanba

C guruhi

Gol: 0:1 — 34 Faysal Darvish

Gollar: 1:0 — 5 Mario Manjukich, 2:0 — 13 Edmilson Junior

D guruhi

Gollar: 0:1 — 38 Muhammad Muhebi, 0:2 — 46 Kiros, 0:3 — 52 Soroush Rofeyi, 0:4 — 78 Muhammad Tayyebi

Gollar: 1:0 — 7 Abdurrazoq Hamdulloh, 1:1 — 9 Bag‘dod Bunedja, 1:2 — 49 Hassan al-Haydos, 2:2 — 53 Abdulrahmon al-Obaid

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 44) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют