» » Samsung tasvirni 100 marotaba yaqinlashtirib olish imkoniyatiga ega yangi smartfonini taqdim etdi

Samsung tasvirni 100 marotaba yaqinlashtirib olish imkoniyatiga ega yangi smartfonini taqdim etdi


Samsung kompaniyasi 11-fevral, seshanba kuni, San-Fransiskoda o‘tkazilgan taqdimot marosimida o‘zining yangi telefonlarini namoyish etdi. Yangi qurilmalar qatoridan Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra, shuningdek, egiluvchan Samsung Galaxy Z Flip o‘rin olgan, deb xabar beradi Meduza.

Samsung Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra telefonlariga HDR10+ texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi 6,2, 6,7 hamda 6,9 dyuymli AMOLED displeylari o‘rnatilgan.

Meet the camera that changes photography, and the phone that changes mobile. Introducing #GalaxyS20 Ultra, #GalaxyS20+ and #GalaxyS20 pic.twitter.com/QwwOrRZAWj

— Samsung Mobile (@SamsungMobile) February 11, 2020

S20 flagmaniga ikkita keng o‘lchamli 12 megapikselli kameralar, shuningdek, 64 megapikselli teleobyektiv o‘rnatilgan. S20+ qurilmasida esa uch o‘lchamli obyektlarni tasvirga olish uchun qo‘shimcha kamera mavjud. S20 Ultra’ga 12 va 108 megapikselli keng o‘lchamli ikkita kamera, shuningdek, 48 megapikselli teleobyektiv o‘rnatilgan. Qurilma 8K formatidagi videolarni ham “ko‘tara oladi”.

Ushbu modellarda Space Zoom funksiyasi mavjud bo‘lib, u gibrid optik zum va sun’iy intellekt yordamida ishlovchi raqamli yaqinlashtirgich birlashmasidir. S20 va S20+ qurilmalari tasvirni 30 marotabagacha, S20 Ultra esa 100 martagacha yaqinlashtira oladi.

Samsung never ceases to amaze!#SamsungUnpacked pic.twitter.com/mQragJlu7L

— Kavin Kathirvel (@KavinKathirvel) February 11, 2020

S20 telefoni kameralar tizimi qorong‘i xonalarda ham sifatli tasvir olish imkonini beradi. Mazkur qurilma uchun telefon olingan bir nechta tasvirlarni bittaga umumlashtiradi.

Shoot night shots like a pro, with more light. #GalaxyS20 #SamsungEvent
Learn more: https://t.co/DE8GcUSTh3 pic.twitter.com/f6QD0JIL4W

— Samsung Mobile (@SamsungMobile) February 11, 2020

Uchala qurilmaga ham Guardian Chip protsessorlari o‘rnatilgan bo‘lib, ichki xotiralari 128—512 gigabayt oralig‘ida. Tezkor xotirasi 8 dan 12 gigabaytgacha, akkumulyator sig‘imi esa 5000 mA/soatgacha tashkil etadi.

Rossiyada ushbu flagman qurilmalari 13-martdan sotuvga chiqadi. Qizil, kulrang va havorang ranglarda chiquvchi Galaxy S20 qurilmasi 1100 dollardan, S20+ flagmani 1264 dollardan, S20 Ultra esa qariyb 1600 dollardan sotuvga chiqishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 13) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют