» » Samara—Chimkent trassasida qolib ketgan o‘zbekistonliklar qutqarildi

Samara—Chimkent trassasida qolib ketgan o‘zbekistonliklar qutqarildi


Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida politsiyachilar va favqulodda vaziyatlar departamenti xodimlari Samara—Chimkent trassasida qolib ketgan o‘zbekistonliklarga yordam berdi, deb xabar berdi Kazinform.

11-fevral, seshanba kuni, tonggi soat 7:00 chamasida Aqto‘be viloyati Ayteke bi tumani, Belqopa ovuli yaqinida Samara—Chimkent trassasida mikroavtobus buzilib to‘xtab qolgan.

“Avtobusda 21 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Shundan ikki nafari ayollar. Ularning hammasi Chimkentdan yo‘lga chiqib, Moskvaga borayotganlardir. Hammasi — O‘zbekiston fuqarolari. Politsiya va favqulodda vaziyatlar departamenti xodimlari ularni Qarabutaq ovulidagi kempingga eltib qo‘yishdi”, — dedi viloyat PD matbuot xizmati boshlig‘i Yerbolat Sarqulov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют