» » Budapeshtda Soros asos solgan universitet yopilishiga qarshi namoyishda 70 ming kishi qatnashdi

Budapeshtda Soros asos solgan universitet yopilishiga qarshi namoyishda 70 ming kishi qatnashdi


Vengriya poytaxti Budapeshtda Jorj Soros tomonidan asos solingan Markaziy Yevropa universitetining yopilishiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Meduza.

Tashkilotchilarning hisob-kitobi bo‘yicha, so‘nggi yillardagi eng katta deya topilgan ushbu namoyishda 70 mingga yaqin odam qatnashgan.

Vengriya parlamenti aprel oyi boshida mamlakat hududida faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘z mamlakatida ham filiali bo‘lishi lozimligi haqidagi qonunni qabul qilgach, Markaziy Yevropa universiteti yopilish xavfi ostida qolgan edi.

Soros asos solgan universitet AQShda akkreditatsiyadan o‘tgan, biroq faqat Vengriya hududida faoliyat ko‘rsatadi.

Vengriya prezidenti Yanosh Ader universitetlar faoliyati to‘g‘risidagi qonun loyihasini 10-aprel kuni imzolashi kutilmoqda, shundan so‘ng u kuchga kiradi. Namoyish ishtirokchilari esa prezidentdan hujjatni imzolashni emas, uni qayta ko‘rib chiqish uchun Konstitutsiyaviy sudga yuborishni so‘ramoqda.

Markaziy Yevropa universitetiga 1991-yili Jorj Soros tomonidan asos solingan. OTMda ta’lim faqat ingliz tilida olib boriladi. Unda bir vaqtning o‘zida 1,8 mingga yaqin talaba tahsil oladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют