» » O‘zbekiston aeroportlari tender asosida xorijiy kompaniyalarga topshiriladi

O‘zbekiston aeroportlari tender asosida xorijiy kompaniyalarga topshiriladi


O‘zbekiston aeroportlari xorijiy kompaniyalar boshqaruviga tender asosida topshiriladi. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, bu haqda O‘zbekiston transport vaziri Elyor G‘aniyev 12-fevral, chorshanba kuni, bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning ayrim aeroportlari Rossiyaning “Novaport” kompaniyasiga topshirilishi haqida xabar berilgan edi — 2019-yil may oyida imzolangan bitimga muvofiq, shirkat Samarqand, Namangan va Urganchdagi aeroportlarni modernizatsiya qilishga kirishishi kerak edi.

Biroq keyinchalik O‘zbekiston hukumati va “Novaport” o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani, hukumat ushbu aeroportlarni investor so‘rayotganidek 30 yil muddatga konsessiyaga berishga tayyor emasligi ma’lum qilingan.

Anjuman davomida OAV vakillari vazirdan respublikaning bir nechta aeroportlarini Rossiyaning “Novaport” kompaniyasi boshqaruviga topshirilishi to‘g‘risida so‘raganda G‘aniyev hozirda ushbu kompaniya bilan kelishuv mavjud emasligini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, dekabr oyida O‘zbekiston aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqarishda ishtirok etishga Yaponiyaning Sumitomo kompaniyasini taklif qilgan, aeroportni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda qatnash uchun esa Rossiyaning “Fuqaro aviatsiyasining innovatsion markazi” va Germaniyaning Airport Research Center’ni jalb qilgan edi.

Elyor G‘aniyevning ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi aeroportlarni boshqarish bo‘yicha xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik davlat-xususiy sheriklik yoki konsessiya asosida amalga oshiriladi.

“Shu sababli aeroportlarni Yaponiya yoki Rossiya kompaniyalaridan biri boshqaradi, deb aytishga hozircha erta. Hammasini tender hal qiladi”, — deya qo‘shimcha qilgan G‘aniyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют