» » Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasining fevraldagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasining fevraldagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi


O‘zbekiston terma jamoasi 18—24-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in o‘tkazadi.

Vadim Abramov mazkur yig‘inga taklif etilgan 21 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatni e’lon qildi. Undan legionerlar va “Paxtakor” klubining bir qator yetakchilari o‘rin olmagan.

Ushbu yig‘in doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Belarus bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Uchrashuv 23-fevral kuni, Sharja shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasida 31-mart kuni Yamanga qarshi bahs olib boradi.

Yig‘inga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Abdumavlon Abdujalilov (“Bunyodkor”).

Himoyachilar: Yegor Krimets (“Paxtakor”), Umar Eshmurodov (“Paxtakor”), Islom Qobilov (“Bunyodkor”), Husniddin Aliqulov (“Nasaf”), Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”), Akbar Ismatullayev (“Metallurg”), Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”), Sardor Qulmatov (“So‘g‘diyona”).

Yarim himoyachilar: Sanjar Qodirqulov (“Bunyodkor”), Abror Ismoilov (“Paxtakor”), Aziz Turg‘unboyev (“Navbahor”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Jasur Jaloliddinov (“Bunyodkor”), Oybek Bozorov (“Nasaf”).

Hujumchilar: Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Humoyun Murtazoyev (“Nasaf”), Bobur Abduholiqov (“Nasaf”), Shoxruz Norxonov (“So‘g‘diyona”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют