» » Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-fevral, chorshanba kuni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, suhbatda davlatlar rahbarlari ko‘p qirrali O‘zbekiston—Rossiya hamkorligi jadal rivojlanib borayotgani hamda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

2019-yilda o‘zaro hamkorlikda salmoqli amaliy natijalarga erishilgani va barcha darajalardagi muloqotlar sezilarli faollashgani alohida qayd etildi.

Xususan, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi yuqori sur’atlar bilan barqaror oshib bormoqda. Bir yilning o‘zida 500 ta qo‘shma korxona tashkil etildi, Rossiyaning yetakchi kompaniya va baknlari ishtirokida iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida ustuvor investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi almashinuvlar kengaymoqda, deyiladi xabarda.

Muloqot chog‘ida oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi. O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga davlat tashrifi kun tartibini tayyorlash, jumladan, tashrif doirasida navbatdagi hududlar va rektorlar anjumanlarini, media-forum va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi yilida O‘zbekiston va Rossiya hamkorligining istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning fevral oyida Rossiyaga tashrif buyurishi haqida xabar berilgan, biroq mazkur masala yuzasidan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot bilan chiqib, Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi rejada bo‘lmaganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют