» » O‘zbekistonda 22-mart “Mahalla tizimi xodimlari kuni” etib belgilanadi

O‘zbekistonda 22-mart “Mahalla tizimi xodimlari kuni” etib belgilanadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda 22-mart sanasini “Mahalla tizimi xodimlari kuni” etib belgilash taklif qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Prezident mahallalar milliy mentalitet ko‘zgusi ekanini, jamiyat hayotida katta o‘rin tutishini ta’kilab, Navro‘z bayramiga hamohang tarzda 22-mart sanasini “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e’lon qilishni taklif etdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda Mahalla va oila masalalari vazirligi tashkil etiladi

Shuningdek, Mahallalarda ahillik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yosh avlodda vatanparvarlik, mehnatsevarlik tuyg‘ularini kuchaytirishda keksalar tajribasidan foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Mahalla va oila masalalari bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish hamda amaliyotga joriy etish maqsadida “Oila” va “Mahalla ziyosi” markazlari negizida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida fuqarolar yig‘inlari komplekslarini qurish, bo‘sh turgan binolarga mahalla idoralarini joylashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют