» » “Paxtakor” “Navbahor”ga qarshi. O‘zbekiston Superligasi 1-turining sanalari ma‘lum qilindi

“Paxtakor” “Navbahor”ga qarshi. O‘zbekiston Superligasi 1-turining sanalari ma‘lum qilindi


O‘zbekiston Superligasining 1-tur uchrashuvlari taqvimi va boshlanish vaqtlari ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston chempionatining 2020-yilgi mavsumini 27-fevral kuni “Paxtakor” va “Navbahor” o‘rtasidagi bahs ochib beradi. Mazkur bellashuv Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida 16:00 da boshlanadi.

Qolgan uchrashuvlar 28-fevraldan 1-martgacha o‘tkaziladi. “Lokomotiv” Toshkentda “Andijon”ni qabul qiladi. “So‘g‘diyona” esa Superliga joriy mavsumi debyutanti “Mash’al” maydoniga safar qiladi.

OKMK Toshkent viloyati derbisida “Metallurg” bilan kuch sinashsa, “Qizilqum” va “Nasaf” o‘rtasidagi bahs turni yakunlab beradi.

Superliga

1-tur bahslari

27-fevral, payshanba

28-fevral, juma

29-fevral, shanba

1-mart, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют