» » Xitoyda koronavirus qurbonlari va kasallanganlar soni keskin oshdi

Xitoyda koronavirus qurbonlari va kasallanganlar soni keskin oshdi


Yangi turdagi koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Xubey viloyatida so‘nggi bir sutka davomida COVID-19 infeksiyasi asoratlaridan 242 kishi vafot etdi. Bu haqda hududiy gigiyena va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lum qildi.

“Umumiy hisobda viloyatda 1310 ta o‘lim holati qayd etilgan, shundan 1036 tasi Uxan shahrida yuz bergan”, — deyiladi qo‘mita axborotida. Shunday qilib, Xubeyda koronavirusdan vafot etish holatlari to‘rtdan biriga ko‘paygan. Avvalroq, 12-fevral kuni viloyatda kasallikdan 1068 kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi. Xitoy koronavirusi bo‘yicha 12-fevralning asosiy xabarlari

Qo‘shimcha qilishlaricha, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ham keskin ko‘paygan — bir sutka ichida Xubeyda 14 840 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Shundan 13 436 ta holat viloyat ma’muriy markazi hisoblangan Uxan shahriga to‘g‘ri keladi.

Umumiy hisobda shifokorlar 13-fevral tongi holatiga ko‘ra yangi turdagi koronavirus sabab COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan jami 48 206 kishini ro‘yxatga olgan.

Ayni vaqtda epidemiya boshlanganidan beri 3 441 nafar bemor davolanib, uyiga javob berilgan — so‘nggi bir sutka davomida davolanib bo‘lganlar soni 802 kishiga ko‘paygan. Hozirda 33 693 kishi hali ham davolanishda qolmoqda, ulardan 5 647 nafarining ahvoli juda og‘ir.

Mavzuga doir: Fotogalereya: Xitoy koronavirus tarqalgunicha qanday yashagan va undan keyin qanday yashamoqda?

Kuni kecha Gonkong rasmiylari koronavirus kanalizatsiya quvurlari orqali ham tarqalishi mumkinligini taxmin qildi. Ushbu taxmin Xitoyga safar qilmagan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lmagan ayol koronavirusni yuqtirib olganidan so‘ng paydo bo‘lgan. Qayd etishlaricha, bir hafta avval ayolning 75 yoshli qo‘shnisi COVID-19 virusi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ayol bu qo‘shnisi bilan hech ko‘rishmagan, ammo ularning xonadonlari umumiy kanalizatsiya quvuri bilan bir-biriga ulangan bo‘lgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 12-fevral holatiga ko‘ra koronavirusga chalingan bemorlar yo‘qligi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют