» » JSST koronavirusga qarshi vaksinalar qachon sinovdan o‘tkazilishini ma’lum qildi

JSST koronavirusga qarshi vaksinalar qachon sinovdan o‘tkazilishini ma’lum qildi


COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinalarni insonda sinovdan o‘tkazish to‘rt-besh oydan so‘ng boshlanadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh ijrochi direktori Sumiya Svaminatanga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda yangi virusga qarshi bir nechta vaksina yaratilmoqda. “Ulardan biri sinov uchun taxminan to‘rt yoki besh oydan so‘ng tanlab olinadi”, — deydi Svaminatan.

Shu bilan birga, vaksinadan yarim yildan so‘ng bevosita foydalanish mumkin bo‘ladi.

Svaminatanning ta’kidlashicha, olimlar hali koronavirusning ko‘plab jihatlarini aniqlashi kerak: uning manbasi va odamlarga yuqish xarakteri, virusning atrof-muhitga ta’siri, karantin va boshqa cheklov tadbirlarining samaradorligi kabi.

11—12-fevral kunlari Jenevada JSSTning global forumi o‘tkazilib, unda 400 dan ortiq olim ishtirok etdi.

Mavzuga doir:

Xitoy Sog‘liqni saqlash davlat komissiyasi mamlakatda COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 1113 kishiga yetgani haqida xabar berdi. Xitoy bo‘ylab virusni yuqtirib olganlar soni 44 653 kishini tashkil etmoqda, shu kunga qadar ularning 4740 nafari davolangan, 8204 odam og‘ir ahvolda, kasallar bilan aloqada bo‘lgan yana 185 ming kishi nazorat ostiga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют