» » Londonda koronavirusga chalingan birinchi bemor aniqlandi

Londonda koronavirusga chalingan birinchi bemor aniqlandi


London shahrida COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan birinchi bemor qayd etildi, deb xabar beradi Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi.

“Angliyada yana bir bemorning tahlil natijalari unda yangi turdagi koronavirus borligini ko‘rsatdi. Buyuk Britaniya bo‘ylab ushbu kasallikka chalinganlar soni to‘qqiz kishiga yetdi”, — deydi professor Kris Uitt.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi bemor virusni Xitoyda yuqtirib olgan. Hozirda u Londondagi ixtisoslashtirilgan sog‘liqni saqlash milliy tizimi markaziga joylashtirilgan.

Mavzuga doir: Qo‘qonda Xitoydan qaytgan 20 yoshli talaba vafot etdi. Uning o‘limi sababi ma’lum qilindi

Avvalroq Bavariya Sog‘liqni saqlash vazirligi Germaniyada koronavirusni yuqtirganlar soni 16 kishiga yetgani haqida xabar bergandi. O‘zbekistonda esa 12-fevral holatiga ko‘ra koronavirusga chalingan bemorlar yo‘qligi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют