» » To‘raqo‘rg‘onda o‘z ishiga mas’uliyatsiz rahbarlar keskin tanqid qilindi

To‘raqo‘rg‘onda o‘z ishiga mas’uliyatsiz rahbarlar keskin tanqid qilindi


Xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

Unda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari tomonidan shu yilning 1—9-aprel kunlari tumanda hududni rivojlantirishning eng muhim vazifalarini hal etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga doir o‘tkazilgan o‘rganish natijalari ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar yakuni tumanda hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolar talayligini ko‘rsatib berdi. Jumladan, tumanda 2017-yilning 1-aprel holatiga ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari soni 857 ta bo‘lib, shundan 97 tasi turli sabablarga ko‘ra ishlamayapti.

Oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikni rivojlantirish, fermer va dehqon xo‘jaliklari yerlaridan oqilona foydalanish yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan. Bugungi kunda tumanda bor-yo‘g‘i olti nafar oilaviy tadbirkor va 36 nafar hunarmand faoliyat yuritmoqda.

O‘rganish davomida sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar taqchilligi bilan bog‘liq muammolar borligi aniqlandi. Aksariyat qishloq vrachlik punktlarida umumiy amaliyot shifokorlari yetishmaydi. Umuman olganda, hozirgi vaqtda tibbiyot muassasalarida 134 vrach-mutaxassis, shu jumladan 50 nafar umumiy amaliyot shifokoriga ehtiyoj mavjud.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif-tavsiyalar berilib, tuman hokimining o‘rinbosarlaridan, viloyat “Suvoqova” korxonasi, “Milliy bank” va “Agrobank” tuman filiallari, tuman obodonlashtirish bo‘limi, Bandlikka ko‘maklashish markazi, davlat soliq inspeksiyasi rahbarlaridan yuksak mas’uliyat bilan yondadish talab qilindi.

Sessiyada qatnashgan Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, tumandagi barcha darajadagi mutasaddilar va deputatlarning mas’uliyatini oshirish, xalqning tinchligi hamda salomatligini ta’minlash yo‘lida fidoyilik ko‘rsatish, ta’lim, ayniqsa maktabgacha ta’lim muassasalariga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, harbiy xizmatdan qaytgan yoshlarni ishga joylashtirish, aholi murojaatlari va ular tomonidan ko‘tarilayotgan har qanday masalaga aslo beparvo bo‘lmaslik lozimligini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют