» » Qoraqalpog‘istonda Matiz va MAN yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda Matiz va MAN yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 4 kishi halok bo‘ldi


Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida Matiz va MAN yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 4 kishi halok bo‘ldi. IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea 12-fevral soat 11:30 larda sodir bo‘lgan.

1984-yilda tug‘ilgan A.B. o‘zining Matiz’ini “Abay” OFY hududidan o‘tuvchi G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu A-380 yo‘lining 645-kilometrida haydab ketayotib, yo‘l sirpanchiq bo‘lganligi sababli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va qarshisidan harakatlanib kelayotgan 1987 yilda tug‘ilgan Sh.T. boshqaruvidagi MAN yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan, yuk avtomashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Oqibatda Matiz haydovchisi A.B., yo‘lovchilari 1990-yilda tug‘ilgan. S.M., 2019-yilda tug‘ilgan M.Q. hamda 1965-yilda tug‘ilgan T.R. voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, Matiz’ning qolgan yo‘lovchilari 1989-yilda tug‘ilgan S.S., 2000-yilda tug‘ilgan D.Q. hamda MAN yuk avtomashinasi haydovchisi Sh.T. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Toshkentda elektrovoz va Matiz ishtirokida YTH yuz bergani, Farg‘onada yuz bergan YTH oqibatida Spark yonib ketgani, Buxoroda esa yo‘l chekkasiga chiqib ketib, bir necha marta aylanib ketgan Nexia’da 2 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют