» » Toshkent shahar bojxona tizimida 10 nafar rahbar xodim ishdan olindi

Toshkent shahar bojxona tizimida 10 nafar rahbar xodim ishdan olindi


Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi Murodjon Azimov 12-fevral kuni Toshkent shahar bojxona boshqarmasida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi. Qo‘mita matbuot xizmati xodimi Husan Tangriyevning ma’lum qilishicha, tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2 nafar o‘rinbosari, boshqarmaning 4 nafar bo‘lim boshlig‘i, 2 nafar bojxona posti boshliqlari, “Ark-buloq” bojxona posti boshlig‘i o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Bu xabarni “Daryo”ning Davlat bojxona qo‘mitasidagi manbalari ham tasdiqladi.

Shuningdek, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘ining yangilangan tarkibdagi o‘rinbosarlari jamoaga tanishtirilgan.

Jumladan, B.Muratov Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib, N.Salimjonov va N.Usmonov boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Boshqarma bo‘limlariga ham boshliqlar tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют