» » “Bo‘rijar” kanalidan taxminan 45—50 yoshli ayolning jasadi topildi

“Bo‘rijar” kanalidan taxminan 45—50 yoshli ayolning jasadi topildi


Bugun, 13-fevral kuni soat 07:40 da Chilonzor tumani “Bo‘rijar” kanalida taxminan 45—50 yoshli noma’lum ayol kishining jasadi topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Jasadning tanasida zo‘ravonlik izlari yo‘q. Voqea joyiga Chilonzor tumani IIO FMB va prokuratura rahbarlari yetib keldi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Chilonzor tumanidagi “Sovplastital” korxonasi binosi orqasida, Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tadigan kanaldan beliga tosh bog‘lab tashlab ketilgan chaqaloq topilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Chilonzordagi kanaldan beliga tosh bog‘lab tashlab ketilgan chaqaloq topildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют