» » Jeff Bezos Beverli-Xillzdan 165 mln dollarlik hashamatli uy sotib oldi

Jeff Bezos Beverli-Xillzdan 165 mln dollarlik hashamatli uy sotib oldi


Dunyoning eng badavlat kishisi Jeff Bezos Beverli-Xillzdan 165 million dollarlik hashamatli uy sotib oldi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Bezos uyni mediamagnat Devid Geffendan sotib olgan. Bu Los-Anjeles uchun rekord darajadagi oldi-sotdi bitimi hisoblanadi.

Qayd etilishicha, oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk agentlari ishtirok etmagan.

Warner Estate nomli qasr to‘qqiz akr maydonda joylashgan. U 1930-yilda Warner Bros kompaniyasi prezidenti Jek Uorner uchun loyihalashtirilgan. Bu yerda keng terrasalar, bog‘lar, bir necha mehmon uylari, tennis korti va golf maydoni joylashgan.

“Men bu nafaqat Los-Anjeles, balki butun dunyodagi eng chiroyli qasrlardan biri, deb ayta olaman”, — deydi mahalliy ko‘chmas mulk agentlaridan biri Kurt Rappaport.

Avvalroq Bezos Nyu-Yorkdan uchta kvartirani 80 million dollarga sotib olgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют