» » Gonkongda koronavirus tufayli o‘quv ta’tili 16-martgacha uzaytirildi

Gonkongda koronavirus tufayli o‘quv ta’tili 16-martgacha uzaytirildi


Gonkong hukumati koronavirus tarqalishi sababli maktab ta’tilini 16-martgacha uzaytirishga qaror qildi. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, bu haqda Ta’lim masalalari bo‘yicha Gonkong administratsiyasi kotibi Yan Junsyun ma’lum qilgan.

Avvalroq Gonkong administratsiyasi rahbari Kerri Lem ta’til kamida 2-martgacha davom etishi, ammo vaziyatning rivojlanishiga qarab zarur bo‘lsa uzaytirilishini aytgandi.

Yan Junsyunning ta’kidlashicha, hukumat maktabdagi normal o‘quv faoliyatini imkon qadar tezroq qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi, ammo o‘qituvchi va o‘quvchilarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlashning muhimligini hisobga olgan holda yangi o‘quv choragi boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish va zarur shart-sharoitlar yaratish kerak.

Shuningdek, agar o‘quvchilar materikda yoki boshqa mamlakatlarda bo‘lsa, ularning Gonkongga qaytishiga zarurat yo‘qligini, Gonkongda yashaydiganlar esa imkon qadar uydan kamroq chiqishi va ko‘p odamlar to‘planuvchi joylardan uzoq bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.

U bularning barchasi maktab va bog‘chalar dam olishi kerakligini anglatmasligini, barchaga tezroq onlayn ta’limga o‘tish tavsiya etilishini ta’kidlagan.

Yangi turdagi koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Xubey provinsiyasida so‘nggi bir sutka davomida COVID-19 infeksiyasi asoratlaridan 242 kishi vafot etdi. Murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan Uxan shahriga yana 2600 nafar tibbiyot xodimi yuborildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada o‘tkazilgan brifing davomida so‘nggi haftada Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni barqaror ravishda kamaygani va har kuni bir xil darajada turganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют