» » Toshkent viloyatida ichki ishlar tizimidagi bir necha rahbar xodimlar ishdan bo‘shatildi

Toshkent viloyatida ichki ishlar tizimidagi bir necha rahbar xodimlar ishdan bo‘shatildi


Toshkent viloyatida ichki ishlar organlari tizimida faoliyat yuritayotgan bir necha rahbarlar lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Joriy yilning 11-fevral kuni viloyat hokimligi majlislar zalida vazirning birinchi o‘rinbosari, polkovnik Aziz Toshpo‘latov hamda Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov boshchiligida o‘rganishlar yakuniga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda viloyatdagi joriy kriminogen vaziyat, uning barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tanqidiy ruhda tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar qizg‘in muhokama etildi.

Shuningdek, har bir shahar-tuman, mahalla kesimi bo‘yicha hamkorlikdagi mas’ul tashkilotlarning bu borada amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar sarhisobi tinglanib, faoliyatlari bo‘yicha yakuniy xulosalar chiqarildi.

Jumladan, Yangiyo‘l tumanida 2019-yil davomida va 2020-yil yanvar oyida sodir etilgan jinoyatlar soni oshib ketganligi va xizmat faoliyatida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun Yangiyo‘l tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i hamda tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, shuningdek, xizmat faoliyatida bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun Yangiyo‘l shahar IIB boshlig‘i, Chirchiq shahar IIB tayanch punktlarining 2 nafar profilaktika inspektori egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Ohangaron shahar ichki ishlar organlarining 2 nafar profilaktika inspektori unvonini bir pog‘ona pasaytirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Viloyat hududida kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash borasida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligini tushunib yetgan Toshkent viloyati IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Navoiyda qator ichki ishlar xodimlarini ishdan bo‘shatgani haqida xabar berilgan edi.

4-fevral kuni ham Po‘lat Bobojonov Buxoro IIB tizimidagi qator boshliq va inspektorlarni ishdan olgan edi. Shuningdek, joriy yilning yanvar oyida Surxondaryoda ham qator ichki ishlar xodimlari ishdan bo‘shatilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют