» » O‘zbekistonda 5 ta yangi aviakompaniya qanday tashkil etilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 5 ta yangi aviakompaniya qanday tashkil etilishi ma’lum qilindi


O‘zbekistonda 5 ta yangi aviakompaniya tashkil etiladi. Bu haqda 2020-yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Spot’ning yozishicha, 12-fevral kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ushbu aviakompaniyalarga jumladan, yangi tashkil etiladigan Humo Air, “O‘zbekiston havo yo‘llari” bo‘linishidan yuzaga kelgan Uzbekistan Helicopters ham kirishini ma’lum qilgan.

Aziz Abduhakimov, shuningdek, Lyuksemburgning Luxaviation kompaniyasi O‘zbekistonda vertolyot aviakompaniyasini ochishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

“Biz xorijiy aviatashuvchilarni ular O‘zbekiston rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan jalb etishni rejalashtirmoqdamiz. Hozirda to‘rtta kompaniya bilan muzokara olib bormoqdamiz”, — deydi O‘zbekiston transport vaziri Elyor G‘aniyev.

Xorijiy aviakompaniyalar bilan muzokaralar joriy yilning 19—20-fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar maydonida “Uzbekistan Airports, Aviation&Logistic Forum” (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumi doirasida olib boriladi.

Vazirning qayd etishicha, forumdan ko‘zlangan maqsadlardan biri qudratli aviatashuvchilar bilan ularni O‘zbekiston bozoriga jalb qilish maqsadida muzokaralar olib borish.

“Forum doirasida yuqori darajadagi uchrashuv, taqdimot, seminar va ko‘rgazmalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Aeroportlar, aviatsiya va logistika vakillari o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etadi. Forum nufuzli tashkilotlarning qaror qabul qiluvchi rasmiy vakillari bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish uchun yaxshi platforma bo‘lib xizmat qiladi”, ? deydi Aziz Abduhakimov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют