» » “Barselona” futbol klubi shahar aholisining 2,65 foizini ish bilan ta’minlaydi va Kataloniyaga yiliga 1,4 mlrd yevro keltiradi

“Barselona” futbol klubi shahar aholisining 2,65 foizini ish bilan ta’minlaydi va Kataloniyaga yiliga 1,4 mlrd yevro keltiradi


PricewaterhouseCoopers konsalting kompaniyasi “Barselona” futbol klubining Kataloniya iqtisodiyotiga ta’siri haqida hisobot tayyorladi.

2018-yilning iyulidan 2019-yil iyuniga qadar klub Barselona shahriga 1 milliard 190 million yevro daromad keltirgan, bu shahar yalpi ichki mahsulotining (YaIM) 1,46 foizini tashkil etadi. Shuningdek, klub 19 451 ishchi o‘rni yaratgan, bu esa shahar band aholisining 2,65 foiziga to‘g‘ri keladi.

“Barselona” shahar budjetiga 366 million yevro ajratgan, bu Barselona shahar kengashi budjetining 13,8 foiziga teng.

Shuningdek, klub Kataloniya hududi iqtisodiyotiga ham sezilarli ta’sir o‘tkazadi. “Barselona” Kataloniyaga 1 milliard 394 million yevro (Kataloniya YaIMning 0,57 foizi) olib keldi va 32 531 ishchi o‘rni yaratdi (Kataloniyadagi barcha ish o‘rinlarining 0,69 foizi).

2014/15-yilgi mavsumdan beri klubning Barselona YaIMga ta’siri 31 foizga oshdi, ishchi o‘rinlariga ta’siri esa — 17 foizga.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют