» » Toshkent va yana 2 ta viloyatda rejadan tashqari qizamiqqa qarshi emlash kunlari o‘tkazilmoqda (video)

Toshkent va yana 2 ta viloyatda rejadan tashqari qizamiqqa qarshi emlash kunlari o‘tkazilmoqda (video)


10-fevraldan 20-fevralgacha Toshkent shahri, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida qizamiqqa qarshi emlash kunlari o‘tkazilmoqda. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati emlash kunlari qanday maqsadda o‘tkazilayotgani haqida reportaj tayyorladi.

“Ayrim Yevropa davlatlarida qizamiq bilan og‘rigan bolalar o‘rtasida o‘lim holatlari qayd etilgan. Bolalarimizning xavfsizligini ta’minlash uchun, biz hozirda ommaviy ravishda kasallikka qarshi immunitetni shakllantirmoqdamiz”, — deydi Toshkent shahar Yashnobod tumani sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi epidemiologiya bo‘limi mudiri Gulnora Zokirova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir yoshida bir marta emlangan bolalar qayta emlanadi, chunki “immunitet hali shakllanmagan, buning ustiga ikkinchi emlash faqat olti yoshda amalga oshiriladi”.

Zokirovaning aytishicha, barcha emlash punktlari emlash brigadalari, vaksinani tashish uchun sovutgichli sumkalar va dastlabki yordam to‘plamlari bilan jihozlangan.

“Vaksina yengil bo‘lib, u emlashdan so‘ng hech qanday asoratlarni keltirib chiqarmaydi”, — deydi u.

Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 20 mingdan ortiq bola emlandi. Emlash maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaviy poliklinikalarda amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют