» » Nursulton Nazarboyevning nevarasi Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi

Nursulton Nazarboyevning nevarasi Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi


O‘z joniga qasd qilishga uringan va Londondagi politsiyachiga hujum qilgani uchun shartli jazo olgan Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi Oysulton Nazarboyev Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi. “RBK”ning yozishicha, bu haqda u o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Oysulton Nazarboyev o‘zining bunday qarorini oila a’zolari unga bosim o‘tkazayotgani bilan izohlagan. Chunki uning so‘zlariga ko‘ra, Oysulton “Rossiya va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasidagi yirik ko‘lamli korrupsiya” va xalqdan o‘g‘irlangan milliardlab dollarlar haqidagi ma’lumotga ega.

Shu bilan birga, u bu boradagi barcha tafsilotlarni yaqin kunlarda chop etiluvchi Times nashriga aytib berganini ma’lum qilgan.

Oysultonning aytishicha, “Nurbank” aksiyadori va Nazarboyevning sobiq kuyovi Rohat Aliyevning o‘ldirilishi, uning onasi, prezidentning to‘ng‘ich qizi va Senat spikeri Darig‘a Nazarboyeva, biznesmen va sobiq qaynotasi Qayrat Boranboyevga qarshi (U Forbes’ning Qozog‘istonnig 50 nafar eng boy odami reytingida 445 million dollar boyligi bilan 8-o‘rinda turadi) “parda ortidan” urush boshladi.

“Ayni paytda oilam menga har tomonlama bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda va men keskin choralar ko‘rishga majbur bo‘ldim. Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana berishlarini so‘rayman”, — deb yozgan u Facebook’dagi sahifasida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют