» » Sirdaryoda 750 dollarga dron sotmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Sirdaryoda 750 dollarga dron sotmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida uchuvchisiz uchadigan apparat (dron)ni 750 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.M. Mavic pro nomli uchuvchisiz apparatni xaridorga 750 dollarga sotayotgan vaqtida ushlangan va apparat ashyoviy dalil sifatida olingan.

Voqea yuzasidan X.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 2444-moddasi 1-qismi (Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Ushbu moddada uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют