» » Komil Allamjonov: So‘z erkinligi bo‘lmaganidan keyin gazetalar majburiy obuna orqali tarqatiladi

Komil Allamjonov: So‘z erkinligi bo‘lmaganidan keyin gazetalar majburiy obuna orqali tarqatiladi


O‘zbekistonda shu vaqtgacha gazetalarning 98 foizi majburiy obuna hisobiga kun ko‘rib kelgan. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov vloger Lazizbek Hamidovning “Ular” loyihasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Lazizbek Hamidovning: “Agar ertadan mamlakatda gazetalarga majburiy obuna to‘xtatilsa nima bo‘ladi?”, mazmunidagi savoliga Allamjonov shunday javob berdi: “Unda gazeta qolmaydi — faqat ‘Darakchi’, ‘So‘g‘diyona’, yana bir ikkita bozorda o‘z o‘rnini topgan gazetalarni hisobga olmasa. Chunki O‘zbekistonda 98 foiz gazeta shu paytgacha majburiy obuna hisobiga yashab kelgan”.

Komil Allamjonovning ta’kidlashicha, “so‘z erkinligi bo‘lmagandan keyin, gazetalar ham qiziq bo‘lmaydi, undagi maqola, yangiliklar jannatdan xabarlardek bo‘lib qolaveradi va umuman odamlarda qiziqish uyg‘otmaydi”, lekin bu gazetalarni realizatsiya qilish kerak, shu sababli ham davlatning bo‘g‘ilgan matbuot ko‘magi o‘laroq majburiy obuna yuzaga keladi.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi endi zamon o‘zgarganligi, agar gazetalar o‘z faoliyatini erkin bozor va raqobat sharoitiga moslashtirib tashkil etmasa, yopilib ketishi mumkinligini aytib o‘tdi.

“Shaxsiy fikrim — gazeta formatining kelajagi deyarli yo‘q, deb hisoblayman. Hamma internetga o‘tib ketayapti, hammayoqda gadjetlar. Balki gazetalarning ham kichkinagina auditoriyasi bo‘lar... Hayot raqamli texnologiyalarga moslashyapti — bu gazeta yopilib ketadi degani emas, ammo qog‘ozli format ancha qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Allamjonov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют