» » Koronavirus tarqalishidan eng ko‘p Yaponiyada xavotir olishayotgani ma’lum bo‘ldi

Koronavirus tarqalishidan eng ko‘p Yaponiyada xavotir olishayotgani ma’lum bo‘ldi


Rossiyaliklarning faqat 42 foizi dunyoda koronavirus tahdidi yuqori deb hisoblaydi. Ipsos tadqiqot markazi dunyodagi 8 ta davlatda o‘tkazgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “RBK”.

Virus tarqalishidan eng ko‘p Yaponiyada (66 foiz), Avstraliya (61 foiz) va AQShda (55 foiz) xavotir olishmoqda.

Koronavirus tahdidi yuqori deb hisoblaydigan respondentlar soni Kanada, Buyuk Britaniya va Germaniyada 42 dan 47 foizgachani tashkil etgan.

So‘rovda ishtirok etganlarning deyarli yarmi koronavirus tarqalishiga chek qo‘yilgan va yaqinda yakunlanadi degan fikrga qo‘shilmagan. Eng tushkun vaziyat Buyuk Britaniyada kuzatilgan: bu yerdagi respondentlarning 55 foizi vaziyat yaqin orada izga tushishiga ishonmagan.

So‘rov o‘tkazilgan mamlakatlarning deyarli barchasida respondentlarning 80 foizdan ortig‘i koronavirus haqida nimadir o‘qigan yoki eshitgan. Ulardan eng xabardorlari Germaniya (76 foiz) va Rossiyada (77 foiz) ekanliklari ma’lum bo‘ldi.

Bugunga qadar koronavirus keltirib chiqargan xastalikdan eng ko‘p odam vafot etgan joy bu ushbu virus ilk tarqalgan hudud – Xitoyning Xubey provinsiyasi bo‘lib turibdi. U yerda 1300 nafardan ko‘proq odam koronavirus tufayli vafot etgan. Xitoyning materikli qismidan tashqarida ikki nafar odam Gonkong va Filippinda vafot etgandi, endi ushbu hududlar safiga Yaponiya ham qo‘shildi.

Yangi turdagi koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Xubey provinsiyasida so‘nggi bir sutka davomida COVID-19 infeksiyasi asoratlaridan 242 kishi vafot etgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada o‘tkazilgan brifing davomida so‘nggi haftada Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni barqaror ravishda kamaygani va har kuni bir xil darajada turganini ma’lum qilgan.  Gonkong rasmiylari koronavirus kanalizatsiya quvurlari orqali ham tarqalishi mumkinligini taxmin qildi. Shuningdek, Gonkong hukumati koronavirus tarqalishi sababli maktab ta’tilini 16-martgacha uzaytirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют