» » To‘raqo‘rg‘on aholisi deputatlar va senatorlarga o‘zaro uchrashuvlarda 485 ta muammo bilan yuzlandi

To‘raqo‘rg‘on aholisi deputatlar va senatorlarga o‘zaro uchrashuvlarda 485 ta muammo bilan yuzlandi


Namangan viloyatidan saylangan quyi parlament deputatlari va senatorlar 1—9-aprel kunlari To‘raqo‘rg‘on aholisi muammolarini o‘rgandi, deb xabar beradi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

O‘n kunlik muloqotlarda aholi tomonidan 485 ta turli yo‘nalishdagi muammolar ko‘tarildi.

Tahlil davomida ishsizlik va kredit masalalari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlaridagi mavjud holat, qishloqlarda tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasiga oid og‘riqli holatlar, dorixonalardagi narx-navo, aholini toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish bo‘yicha haqli e’tirozlar, avtomobil yo‘llarining sifati, aholiga transport xizmati ko‘rsatishning ayanchli darajasi singari muammolar oshkora o‘rtaga tashlandi.

Qayd etilgan muammolarning 215 tasi deputatlar va senatorlar tashabbusi bilan o‘z joyida hal qilindi.

200 tasi esa tuman hokimligi orqali tumanning tegishli mutasaddi tashkilotlariga ijro uchun yuborilib, ular tomonidan hal etildi. Viloyat darajasidagi ayrim muammolarning esa viloyat tashkilotlari hamkorligida yechilishiga erishildi.

Shu bilan birga respublika darajasidagi 50 ga yaqin muammo alohida ajratib olinib, ularni parlament nazoratining turli shakllari orqali bartaraf etish, tegishli davlat boshqaruvi organlariga parlament va deputatlik so‘rovlari yuborish, parlament eshituvlarini tashkil etishga qaratilgan aniq maqsadli va manzilli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют