» » O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi qariyb 30 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi qariyb 30 mlrd dollarga yetdi


O‘zbekistonning rasmiy oltin-valyuta zaxirasi 2020-yil 1-fevral holatiga 29,4 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xalqaro zaxiralar miqdori 29,4 milliard dollarni tashkil etgan. Zaxiralar tarkibida monetar oltinning qiymati 16,9 milliard dollarni, xorijiy valyuta esa 12,6 milliard dollarni tashkil qiladi.

Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotni e’lon qilishni boshlaganidan buyon birinchi marta ularning miqdori 30 milliard dollarga yaqinlashdi.

Zaxiralarning o‘sishi asosan oltin narxining oshishi hisobiga yuz bergan. Mazkur zaxiralar mamlakatning “xavfsizlik yostiqchasi” hisoblanadi. Ular noqulay tashqi sharoitlar vaqtida himoya buferi sifatida xizmat qiladi. Zaxiralarning yetarliligi noqulay tashqi sharoitlarning tabiatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.

2019-yilda zaxiralar O‘zbekistonning 13 oy davomidagi importini moliyalashtirish uchun yetarli ekanligi ma’lum bo‘lgan. Zaxiralarning ayni paytdagi miqdori esa 14 oydan ko‘proq vaqt davomida mamlakat importini moliyalashtirish uchun yetarli hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar tavsiyasiga ko‘ra, mazkur muddat kamida uch oyni tashkil etishi kerak.

Zaxiralar miqdorining yuqoriligi Markaziy bankka noqulay tashqi hodisalar sharoitida valyuta bozoridagi tebranishni faol ravishda cheklashga imkon beradi.

Mavzuga doir: Markaziy bank nima uchun monetar oltin sotib oladi va valyuta intervensiyalarini amalga oshiradi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют