» » SSV virusologiya laboratoriyasida qariyb 900 namuna tekshirildi. Koronavirusga chalinganlar aniqlanmagan

SSV virusologiya laboratoriyasida qariyb 900 namuna tekshirildi. Koronavirusga chalinganlar aniqlanmagan


Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi virusologiya laboratoriyasida joriy yilning yanvar oyidan boshlab 13-fevral kunigacha 837 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi. Ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmadi. Bu haqda agentlikning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi xabar berdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 12-fevral kuni xorijiy davlatlardan 29 ta samolyot qabul qilinib, 3782 nafar fuqaro, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan 3 ta poyezdda jami 585 nafar fuqaro, Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 31 583 nafar fuqaro termometriyadan o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, 13-fevral holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus kasalligi qayd etilmagan.

Mavzuga doir:

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 12-fevral kuni olingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda jami 59 833 nafar, dunyo bo‘yicha 60 276 nafar fuqarolar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib, kunlik o‘sish 34 foizni (15 103 nafar) tashkil etgan. Avvalroq Yaponiyada koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati kuzatilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют