» » AQSh davlat kotibi O‘zbekiston koronavirusga qarshi turishga tayyor emasligini aytdi

AQSh davlat kotibi O‘zbekiston koronavirusga qarshi turishga tayyor emasligini aytdi


AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston va Qozog‘iston infratuzilmalari koronavirusga qarshi turish uchun tayyor emasligiga e’tibor qaratdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Biz virusdan himoyalanish uchun kerakli infratuzilmaga ega bo‘lmagan hududlar mavjudligidan xavotirdamiz. Koronavirus kabi keng ko‘lamli xavfga qarshi tura olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, Xitoy bilan uzoq chegaradosh Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘ldim”, — deydi Pompeo.

Davlat kotibining ta’kidlashicha, AQSh o‘z budjetidan 100 million dollar ajratish niyatida. Bu pullar nafaqat Xitoyda koronavirusga qarshi kurashish uchun, balki O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi bunga juda muhtoj bo‘lgan davlatlarni ham moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Maykl Pompeo xavfga qarshi global, o‘z vaqtida va to‘g‘ri javob qaytarish lozimligini qayd etgan.

“Biz epidemiyani to‘xtatish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga tayyorlanyapmiz. Hozirgacha 100 million dollar yordam puli ajratdik. Balki bu summa yana oshar. Ushbu yordam shubhasiz, Xitoydagilarga yordam berish uchun yuboriladi, biroq xavfga qarshi o‘z vaqtida javob berish maqsadida dunyoning boshqa joylarida ham ishlatiladi”, — deydi AQSh davlat kotibi.

Mavzuga doir: Maykl Pompeo Xitoy kompaniyalari bilan raqobat va O‘zbekistonga kiritiluvchi investitsiyalar haqida so‘zlab berdi

Eslatib o‘tamiz, Maykl Pompeo 3-fevral kuni O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют