» » OAV: Donald Trampning Suriyaga hujum qilish bo‘yicha qaroriga qizi Ivanka ta’sir qilgan

OAV: Donald Trampning Suriyaga hujum qilish bo‘yicha qaroriga qizi Ivanka ta’sir qilgan


AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp otasining Suriyaga hujum qilish bilan bog‘liq qaroriga katta ta’sir qilgan. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Vashingtondagi elchisi Kim Darroxning Bosh vazir Tereza Mey va TIV rahbari Boris Jonsonga yuborgan diplomatik axboroti bilan tanish bo‘lgan manbalarga tayanib, Independent nashri ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Britaniya elchisining telegrammasida Ivanka Tramp Idlib provinsiyasida taxmin qilingan kimyoviy qurol ishlatilgani natijasida halok bo‘lganlarni ko‘rib, hayratga tushgani qayd etilgan.

Ivanka Tramp televideniye orqali ko‘rsatilgan Idlib provinsiyasida halok bo‘lganlarning rasmlariga o‘zining Twitter’dagi sahifasida sharh berib, “Yuragim parchalandi, mening jahlim chiqyapti”, deb yozgan edi.

Britaniya elchisi telegrammada Donald Trampga qizi kutilgandan ham kuchliroq ta’sir qilganini ma’lum qilgan. Natijada Tramp Suriyaga nisbatan siyosatini 180 darajaga o‘zgartirib, hukumat kuchlariga zarba berishga qaror qilgan.

Nashr qayd etganidek, Tramp o‘tgan oy Bashar Asad va uning raqiblari o‘rtasidagi mojaroga aralashmaslik tamoyiliga rioya qilayotgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют