» » Samarqandda Bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi qamoqqa olindi

Samarqandda Bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi qamoqqa olindi


Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda Bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili qamoqqa olindi” mavzusida xabarlar tarqaldi. Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Qo‘mita xabarida aytilishicha, 2018-yil yanvar oyida sobiq bojxona xodimi S.Z. Samarqand shahrida joylashgan “Temir Servis Plyus” MChJga qarashli TIR parkiga borib, u yerda respublika hududidan tranzit ravishda o‘tib ketishi kerak bo‘lgan va bojxona nazorati ostida turgan yuk avtotransport vositasini go‘yoki tezkor tadbir o‘tkazish maqsadida olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan.

Bu Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan olib borilgan ichki tezkor tekshiruv harakatlari natijasida aniqlangan va mazkur holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan. O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi sobiq xodimi S.Z. o‘z xatti-harakatlari bilan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzganligi uchun bojxona organlaridan bo‘shatilgan.

Mavzuga doir: Toshkent shahar bojxona tizimida 10 nafar rahbar xodim ishdan olindi

Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan sobiq bojxona xodimi S.Z.ning bojxona tizimidan bo‘shatilgandan keyingi harakatlari ustidan olib borilgan qo‘shimcha tezkor kuzatuv tadbirlar natijasiga ko‘ra, 2019-yil 8-fevral kuni Jinoyat kodeksining 182 (Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) va 211-moddalari (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va to‘plangan ish hujjatlari tergov harakatlarini olib borish uchun DXX Tergov boshqarmasiga yuborilgan.

Mazkur jinoyat ishi doirasida fuqaro S.Z.ga nisbatan 2019-yil 11-fevral kuni qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirgi kunda fuqaro S.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 182 va 211-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют