» » Dilorom Toshmuhammedova “Oila” markazi rahbarligidan ozod etildi

Dilorom Toshmuhammedova “Oila” markazi rahbarligidan ozod etildi


Vazirlar Mahkamasining 14-fevraldagi qaroriga muvofiq Dilorom Toshmuhammedova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hukumat huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori lavozimidan ozod qilindi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Dilorom Toshmuhammedova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” markazi direktori lavozimida 2018-yil 12-sentabrdan buyon ishlab kelayotgan edi. U 2007—2015-yillarda Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lib faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 88-moddasiga ko‘ra Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatning doimiy asosda ishlovchi a’zolari o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют