» » Toshkent xalqaro aeroporti yil oxirigacha rekonstruksiya qilinadi

Toshkent xalqaro aeroporti yil oxirigacha rekonstruksiya qilinadi


Yaqin 1,5—2 yil davomida Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchi oqimi yiliga 4,5 milliondan 7 millionga yetkaziladi. Bu haqda Uzbekistan Airports AJ raisi Ravshan Ismoilov ma’lum qildi, deya xabar beradi Spot.

Hozirda kompaniya nemis mutaxassislari bilan aeroport rekonstruksiyasi loyihasini muhokama qilish, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda. Yil oxiriga qadar modernizatsiya ishlarini yakunlash ko‘zda tutilgan.

Rekonstruksiya ro‘yxatga olish ustunlarini ikki baravar — 24 tadan 48 taga ko‘paytirish, aeroport avtoturargohini yanada qulay ko‘rinishga keltirish va hozirgi bitta o‘rniga 8 ta kirish-chiqish yo‘laklarini tashkil etishni ko‘zda tutadi.

Kelgusi yili esa Toshkent—Vostochniy aerodromi bazasida qurilayotgan fuqarolik aviatsiyasi aeroporti foydalanishga topshiriladi. Ikki havo portini birlashtirish va yagona transport xabi sifatida ishlatish mo‘ljallangan. Yangi aeroport ish boshlashi bilan umumiy o‘tkazish imkoniyati yiliga 10 million yo‘lovchidan oshadi.

“Yo‘lovchi oqimi ikki aeroportning o‘rtacha imkoniyatidan oshib ketgan taqdirda yiliga 50 million yo‘lovchiga xizmat qiladigan zamonaviy aeroport qurilishi haqida o‘ylashimiz kerak. Bu 10 yil nari-berisidagi uzoq muddatli istiqboldagi reja”, — deya ta’kidladi Ravshan Ismoilov.

Kelgusida xalqaro aeroportni Toshkentdan 30-35 kilometr nariga, Angren yoki Chinoz tomonga ko‘chirish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют