» » “Manchester Siti” Chempionlar Ligasidan 2 mavsumga chetlatildi

“Manchester Siti” Chempionlar Ligasidan 2 mavsumga chetlatildi


UEFA Angliyaning “Manchester Siti” klubini Yevropa Chempionlar Ligasining kelasi ikki mavsumda ishtirok etish huquqidan mahrum etdi.

“Siti” UEFAni chalg‘itgani va moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi uchun Yevropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasidan chetlatilgan. Agar “Manchester Siti” Angliya Premyer Ligasining kelasi ikki mavsumida Chempionlar Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan taqdirda ham 2020/21 hamda 2021/22-yilgi mavsum musobaqalarida ishtirok eta olmaydi.

Qayd etish joiz, “shaharliklar” ushbu qaror yuzasidan Xalqaro sport arbitraj sudiga murojaat qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Pep Gvardiola shogirdlari Chempionlar Ligasining 2019/20-yilgi mavsum 1/8 finalida Madridning “Real”iga to‘qnash kelgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют