» » Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi


Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (5-0, 4 KO) Toshkent vaqti bilan 15-fevral tongida AQShda navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Bektemirga professional boksdagi beshinchi jangida meksikalik 26 yoshli Oskar Kortes (27-6-0, 14 KO) raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang atigi 2 daqiqa-yu 5 soniya davom etdi. Meliqo‘ziyev tajribali raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratib, muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash o‘rinli Kortes 2 bora nokdaun holatiga tushdi va hatto u Bektemirga bitta ham zarba bera olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziyevga professional boksdagi beshinchi jangida aslida meksikalik boshqa bir tajribali bokschi Marko Antonio Periban (25-5-1, 16 KO) raqiblik qilishi va Bektemir unga qarshi o‘zining WBA Continental Americas kamarini himoya qilishi ko‘zda tutilgandi. Biroq Periban jangga bir kun qolganda o‘zini yomon his qilgan  va jangni o‘tkaza olmasligini ma’lum qilgan. Qayd etish joiz, ikkala bokschi ham tarozidan o‘tib bo‘lgandi.

Jang videosini Telegram’dagi @UFCBOXUZ kanalida tomosha qilishingiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют