» » O‘zbekistonlik ayol Moskvadagi metro bekati yonida o‘zining chaqalog‘ini tashlab ketdi

O‘zbekistonlik ayol Moskvadagi metro bekati yonida o‘zining chaqalog‘ini tashlab ketdi


Rossiya poytaxti Moskvadagi metro bekati oldida 12-fevral, chorshanba kuni, 2-3 oylik chaqaloq qoldirib ketilgan. Keyinroq o‘z bolasini qoldirib ketgan ayol qo‘lga olingan. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ayol Rossiyaga O‘zbekistondan borgan. Rossiya Tergov qo‘mitasining ma’lumotida ayolning fuqaroligi ko‘rsatilmagan. Ta’kidlanishicha, u tarjimon yordamida so‘roq qilingan.

Mavzuga doir: Jizzaxda yo‘l chetiga tashlab ketilgan chaqaloq topildi

So‘roq aks etgan video “REN TV” tomonidan e’lon qilingan. Unda o‘zbek tilidagi gaplar eshitilgan. Ayol aybini tan olib, qiyin moliyaviy ahvoli sababli bolani tashlab ketganini aytgan.

Ikki yoki uch oylik bo‘lgan bola 12-fevral kuni “Park pobedi” metro bekati yaqinidagi yo‘l o‘tkazgichdan topilgan. Uni metro xodimi topib olgan. Chaqaloq kasalxonaga yuborilgan, ayni paytda uning sog‘lig‘iga hech narsa tahdid solmayapti.

Mavzuga doir: Hindistonda qabristondan tiriklayin ko‘milgan chaqaloq topildi (foto)

Uni tashlab ketgan ayol kuzatuv kameralarida qayd etilgan. Ko‘p o‘tmay ayol shahar atrofida qo‘lga olingan. Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bola kasalxonadan chiqarilganidan keyin ijtimoiy ta’minot muassasasiga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, 10-fevral, dushanba kuni, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi “Sovplastital” korxonasi binosi orqasida, Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tadigan kanaldan beliga tosh boylab tashlab ketilgan chaqaloq topilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют