» » Rossiyada yana 2 kishi koronavirus bo‘yicha karantindan qochib ketdi

Rossiyada yana 2 kishi koronavirus bo‘yicha karantindan qochib ketdi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi kasalxonadan to‘rt kishi koronavirus bo‘yicha karatindan o‘zboshimchalik bilan ketib qolgan. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 11-fevral, seshanba kuni, ketib qolgan ikki kishi tekshiruvdan o‘tish uchun yana kasalxonaga qaytib kelgan. Avvalroq izolyatorning qulfini buzib qochib ketgan Alla Ilyinaga nisbatan kasalxonaga majburan yotqizish bo‘yicha ariza berilgan.

Avvalroq Sankt-Peterburgda yashovchi Alla ismli ayol Xitoydan qaytganidan so‘ng 14 kunlik koronavirus karantinga joylashtirilgan kasalxonadan qochib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lum qilinishicha, 32 yoshli ayol 7-fevral, juma kuni, kasalxonadagi karantin izolyatoridan qochib ketgan. Ammo bu haqda endi ma’lum bo‘lgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u qochib ketganiga to‘rt kun bo‘lsa ham, na kasalxona va na politsiya unga murojaat qilmagan.

Kasalxona bosh shifokori ayolning xatti-harakatlarini bezorilik deb atagan. Uning ta’kidlashicha, shifoxonada o‘rnatilgan cheklovlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik ham ko‘zda tutilishi mumkin. Bosh shifokorning qo‘shimcha qilishicha, ayolning qochib ketgani haqidagi ma’lumot politsiyaga yuborilgan.

Yana bir shunga o‘xshash voqea Samara shahrida yuz bergan. Guzel Neder ismli ayol bolasi bilan karatin uchun joylashtirilgan kasalxonadan qochib ketganini ma’lum qilgan. Ayol ko‘rsatma berish uchun politsiyaga chaqirilgan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda 707 kishi koronavirus bo‘yicha tibbiy nazorat ostida turibdi.

Ekspertlar koronavirus bilan Yer aholisining uchdan ikki qismi kasallanishi mumkinligini ma’lum qilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 63 ming kishidan oshib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют