» » Prezident qarori bilan Qoraqalpogiston tibbiyot instituti tashkil qilindi

Prezident qarori bilan Qoraqalpogiston tibbiyot instituti tashkil qilindi


Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Ozbekiston Respublikasi oliy talim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Oliy va orta maxsus talim vazirligining Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpogiston tibbiyot institutini tashkil etish belgilandi. Bu haqda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati xabar bergan.

Qarorga kora, Sogliqni saqlash, Iqtisodiyot va sanoat vazirliklari hamda Oliy va orta maxsus talim vazirligining Qoraqalpogiston tibbiyot instituti klinikasini tashkil etish togrisidagi takliflariga rozilik berilgan.

Uzluksiz tibbiy-kasbiy talim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, oquv jarayonini amaliy konikmalarni shakllantirishga yonaltirish, xalqaro talim standartlariga asoslangan ilgor pedagogik texnologiyalar, oquv dasturlari va innovatsion oquv-uslubiy materiallarni keng joriy etish, klinika va oquv bazasi faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uygunligini taminlash uchun zarur sharoitlar yaratish, fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish, tibbiy talim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy bogliqligini nazarda tutuvchi Universitet 3.0 konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish, talim muassasasi va Institut klinikasi ilmiy salohiyatini muntazam ravishda oshirib borish, professor-oqituvchilar va ilmiy izlanuvchilarning nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishlarini taminlash, xorijiy tibbiyot oliy talim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-oqituvchilar va ilmiy izlanuvchilar akademik mobilligi dasturlari hamda qoshma talim dasturlarini rivojlantirish, talabalarda soglom turmush tarzini keng targib etish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni insonparvarlik va yuksak manaviy goyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularda yot goya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash Institut faoliyatining asosiy yonalishlari etib belgilangandi.

Institut Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Institutga qabul har yili belgilanadigan Ozbekiston Respublikasining oliy talim muassasalariga oqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi. Institut klinikasi muassisi Institut hisoblanadi hamda uning faoliyati Institut tomonidan muvofiqlashtiriladi. Institut va Institut klinikasi yuridik shaxs maqomiga ega bolgan, tegishlicha davlat oliy talim muassasasi va davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi, Ozbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy gazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega boladi.

Institut klinikasi bosh shifokori yashirin ovoz berish yoli orqali Institut ilmiy kengashining taqdimnomasiga kora, Ozbekiston Respublikasi sogliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Shuningdek, qarorda belgilangan tartibga kora, Institut rektoriga Institutning budjetdan tashqari mablaglari hisobidan talim jarayonini samarali tashkil etish, davolash ishlariga zamonaviy usullarni tatbiq etish hamda talabalar va professor-oqituvchilarga qoshimcha sharoitlar yaratish maqsadida Institut klinikasi va oquv bazalaridagi oquv xonalarini tamirlash, jihozlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Institut klinikasida yuqori texnologiyali tashxis qoyish va davolash usullarini joriy etish hamda Institutga qoshimcha mablaglar tushirish maqsadida Institut klinikasi bilan ozaro shartnomalar asosida hamkorlikda pullik asosda tibbiy xizmatlar korsatish bolinmalarini tashkil etish huquqlari berilgan.

Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib Ozbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablaglari, talabalarning tolov-kontrakt asosida talim olishidan, shartnomalar asosida xizmatlar korsatishdan tushadigan mablaglar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (15-02-2020, 07:57)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -