» » Misrda koronavirusga yo‘liqish bo‘yicha birinchi holat kuzatildi

Misrda koronavirusga yo‘liqish bo‘yicha birinchi holat kuzatildi


Covid-19 turiga mansub koronavirusga yo‘liqish holati Misrda ham birinchi bor kuzatildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga asoslanib, Reuters xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, kasallikni yuqtirib olgan odam — xorij davlati fuqarosi. Uning qaysi mamlakatdan kelgani borasida aniq ma’lumot keltirilmagan.

Shu tariqa Misr Afrika qit’asi mamlakatlari orasida hududida koronavirus kuzatilgan birinchi davlatga aylandi. Misr SSV sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ma’lumot yuborgan.

Mahalliy Al-Ahram gazetasining xabar berishicha, sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusga qarshi kurash borasida idoraning keyingi rejalari muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazgan. Vazir koronavirus tarqalib ketmasligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tmiz, virus 2019-yil dekabrida Xitoyning Uxan shahrida tarqala boshlagan. Shundan keyin bir nechta boshqa xorij davlatlarida ham koronavirusga chalinish holatlari kuzatildi. Ular orasida Germaniya, Fransiya, Rossiya, Shvetsiya, Finlandiya, Belgiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Yaponiya, Tayvan, Singapur, Malayziya, Nepal, Avstraliya va boshqa davlatlar bor.

Mavzuga doir: 

Xitoy hukumati taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusga yo‘liqqanlar soni 63 851 nafarga yetgan. 6723 nafar odam kasallikdan tuzalgan, 10 204 nafar bemor og‘ir ahvolda. Mamlakat bo‘yicha 177 ming nafar odam koronavirus bilan kasallanganlar bilan muloqot qilgani uchun shifokorlar nazoratiga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют