» » “O‘zmilliybank” AJ “Gazprombank” AJ bilan hamkorlikda seminar-trening tashkil etdi

“O‘zmilliybank” AJ “Gazprombank” AJ bilan hamkorlikda seminar-trening tashkil etdi


Joriy yilning 13-fevral sanasida Bank-moliya akademiyasi binosida “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Gazprombank” AJ bilan hamkorlikda bank-moliya sohasi xodimlari malakasini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilar e’tiboriga APIBank platformasini rivojlantirish bo‘yicha direktor Oleg Chanchikov tomonidan “Istiqbolli moliyaviy texnologiyalar” mavzusida taqdimot havola etildi.

Mazkur seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad banklarning tashqi moliya-texnik yechimlar bilan o‘zaro faoliyati, shuningdek, Open banking – yangi avlod bankining ishlash mexanizmi va konsepsiyasi bilan tanishishdan iborat.

Seminar-trening ikki qismda tashkil etildi. Anjumanning ma’ruza qismi, ochiq banking va API nima? Ochiq bankingni rivojlantirish talablari qanday?, degan savol bilan boshlandi.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, APIBank – korxonalarga o‘z bank servisini bank litsenziyasisiz tashkil etish imkonini beruvchi platforma hisoblanadi. Moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar Open API texnologiyasi yordamida korxona servisiga joylashtiriladi. APIBank mahsulot va xizmatlari – bu virtual banklar, billing tizimi va to‘lovlarni avtomatlashtirish xizmatlarini yaratish.

APIBank platformasi banklarga mavjud xatarlar va ortiqcha xarajatlarsiz ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan ishlashi mijozlardan daromad olish imkoni beradi.

Shuningdek, seminarning ma’ruza qismida PSD2, Open Banking UK misolida ochiq API va ochiq banking boshqaruvi, ochiq API va ochiq banking yordamida qanday qilib daromad topish mumkin, ochiq APIga asoslangan bizneslar qanday muammolarni hal qilishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Master-klass tarzida o‘tkazilgan seminarning ikkinchi qismida ochiq API va ochiq bankingsiz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolaraniq misollar asosida ko‘rib chiqildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Seminar-trening qizg‘in bahs va munozaralarga boy o‘tdi.

“O‘zmilliybank” AJ, matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют