» » "Tuberkulyoz kasalligiga faqat kambagallar chalinmaydi". Silni yenggan Sarvar Otajonov hikoyasi

"Tuberkulyoz kasalligiga faqat kambagallar chalinmaydi". Silni yenggan Sarvar Otajonov hikoyasi


Inson umri hamisharavon va ozi istaganidek kechavermaydi. Yillar davomida turli sinovlar: kutilmagan dard, xiyonat, ayriliq va ogriqlarga toqnash keladi. Oramizda shunday insonlar borki, hayot ularga qancha tuhfalarni taqdim qilmasin, yiqilib qolmay oz orzu-maqsadlari sari intilaveradi.

Daryo hayot mashaqqatlarini yengib, osuda hayot kechirayotgan sabr egalari bilan suhbatlashib, ularning kechinmalarini yoritishga qaror qildi. Kuchli insonlar loyihasining birinchi qahramoni sil kasalligini yengib otgan xorazmlikSarvar Otajonov.

Sarvar Otajonov Xorazm viloyati Xonqa tumanida tugilgan. Hozir 33 yoshda.Kop yillardan buyon ustachilik bilan shugullanib keladi.

Kasalligimni tan olishim qiyin bolgan

Adashmasam, 2017-yilning aprel oylari edi. Oilamizdagi moddiy yetishmovchilik, pul bilan bogliq muammolar sabab Rossiyaga ishga ketishga majbur boldim. Patent uchun tibbiy korikdan otayotganimda opkamda qandaydir dog borligini, bu silning alomati ekanligini aytishdi. Men shokka tushib qoldim. Axir endi ishlagani kelgan bolsam, bir som topmay yana ortga qaytamanmi deb oyladim. Agar rostdan ham menda tuberkulyoz aniqlansa, deport qilib yuborishlari tayin edi. Tabiiyki, tan olmay turaverdim. Axir men ishlashim, uyga pul jonatishim kerak edi. Keyin yana ichimda bir ovoz sen kasalmassan, ular adashishyapti, deb aytardi.

Boynimga olmaganimdan keyin ular tomografiyaga yuborishdi. Men esa ayyorlik qilib, pasportimni boshqa bolaga berib, uni ornimga tekshiruvga jonatdim. U kirib chiqdi. Patentimni olib, tinchgina ishlab yuraverdim.

Afsuski, xursandchiligim uzoqqa chozilmadi. Oradan bir oy otar-otmay yotalishni boshladim, ishtaham yoqoldi, haroratim kotarilib, holsizlanaverdim. Qancha tan olmay, baribir tuberkulyoz oz alomatlarini korsata boshlagandi. Bir necha oy otib ishlashga umuman madorim qolmadi. Internetda oqiganlarim boyicha dorilar ichdim, muolajalar qildim bolmadi. Oxiri tort yarim oydan keyin Ozbekistonga qaytishga majbur boldim.

Kasalligimni hech kimga aytmadim

Bilasizmi, birinchi marta kasalligimni eshitganimda hazm qilishim ogir boldi. Kopchilikdan buni juda yuqumli, nasldan naslga otadigan kasallik deb eshitgandim. Shuning uchun oilam, qizlarim haqida oyladim. Ikkita shiringina qizim bor. Endi ularning taqdiri nima boladi? Tuberkulyozligim ertaga ularning kelajagiga tasir qilmasmikin? Qarindosh-urug, qoni-qoshni nima deb oylaydi, deb qorqdim. Shuning uchun Rossiyadan ketishni istamagandim. Ozbekistonga qaytganimdan keyin bu haqda hech kimga aytmaslikka qaror qildim.

Hammasi men oylagandek bolmadi

Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi deganlaridek hammasi men oylagandek bolmadi. Ozi ozgin edim. Kasallik tufayli vazn tashlab, battar ozib-tozib ketgandim. Uydagilar meni korib qorqib ketdi. Ozi senga nima boldi, tinchlikmi? deb sorashdi. Shunchaki musofirchilikda ozgina qiynaldim deb qoyaverdim. Kasalligimni hatto xotinimga ham aytmadim.

Ozbekistonga qaytdim

Uyga kelib, poliklinikaga chiqdim. Rentgen qilishdi. Haliyam yuragimda qaniydi hammasi yolgon bolsa, qaniydi doktorlar adashgan bolsa, degan umid bor edi. Ertasiga natijalarni bilgani bordim. Bilasizmi, ular menga kutganimdek sizda bu kasallik yoq, shunchaki shamollagansiz, tez kunda otib ketadi, deb aytishdi. Shunday quvonib ketdimki...

Uyda bir haftacha shamollashga qarshi dorilar ichib yurdim, muolajalar qildim. Afsuski, hech biri tasir qilmadi. Qaytanga dardim kuchayib bordi.

Bir kuni uyimizga singlimning shifokor dugonasi Komila keldi. Men qoshni xonada tinmay yotalib yotardim. U ovozimni eshitib, xonamga kirdi va men bilan obdan gaplashdi. U malakali doktorlar bilan tanishligini, shunchaki, meni tekshirib korishlarini aytib, ozi bilan shifoxonaga olib ketdi. Tekshiruvdan song menda haqiqatan turberkulyoz kasalligi aniqlandi.

Bunga oila azolaringizning munosabati qanday boldi?

Kasalligimni aytganimda uydagilarim, tabiiyki, shokka tushib qoldi. Onam qorqib yigladi. Dadam tez yotib davolanishimni aytdi. Xonamizga kirib, ayolimga bu haqda aytganimda u yuzimga jim tikilib qoldi. Oradan qancha vaqt otdi bilmayman, keyin davolanish kerak bolsa borasiz, davolanasiz, deb kiyimlarimni yigishtirishni boshladi. Osha kunning ozida tushdan song shifoxonaga borib yotdim.

Oila azolarimga ham yuqtirishim mumkin edi...

Kasalxonaga yotgan paytim shifokorlar agar Rossiyadan tuberkulyoz bilan kelgan bolsang, bu oila azolaringga ham yuqqan bolishi mumkin deb ularni korikdan otkazishdi. Xudoga shukr, hech birida sil alomatlari chiqmadi.

Men esa muolajalarni boshladim.

Faqat yaxshi narsalar haqida oylardim. Ertaga yuzimda qanaqa ozgarish bolarkin, deya ozimni ozim har kuni rasmga olardim. Ijobiy ozgarishlarni telefonimga yozib borardim. Bir oycha baribir ishtaham bolmadi. Faqat meva tomogimdan otardi.

Shu orada menga oxshab kasalxonaga yotishni istamaganlarni bilib qolsam, oldiga borib, Menam sendek edim. Bu yomon kasal emas, davolanmasang otib ketadi. Men hamma doktorlarni taniyman, ular senga yordam beradi. Hali kormagandek bolib ketasan, deb motivatsiya berardim. Kelib davolanishga kondirardim.

Butun dunyo boyicha sil bilan davolanish bepul. Allohga shukr, muolajalar vaqtida pul bilan bogliq muammolar bolmadi. Hech kim bizdan pul soramadi. Shunday qilib, 56 kundan song sogayib uyga qaytdim.

Kasallikka chalinishimga kuchli stress sabab bolgan

Ochigi, uyda bir narsaga katta pul kerak bolib qoldi. Usta edim. Akfa romlar yasardim. Topganim urvoq ham bolmasdi. Yetishmovchilik menga ruhiy bosim boldi. Koproq pul topishim kerak, deb kop siqildim. Shuning uchun ham Rossiyaga ketishga majbur bolgandim.

U yerda ham musofirchilik bir oycha kop qavatli uylarning yertolasida zaxda jon saqlaganmiz. Qornim ham uncha toymagan. Immunitetim tushib ketgani uchun kasallikka chalindim deb oylayman.

Tuberkulyozga faqat kambagallar chalinmaydi

Bilasizmi, kopchilik bu kasallikka koproq kambagallar, toyib ovqat yemaydigan insonlar chalinadi, deb oylashadi. Lekin bu notogri fikr. Har bir insonning opkasida sil tayoqchalari boladi. Qachonki inson muammosini hadeb oylayversa, siqilsa, toyib ovqat yemay yursa, gripp on kundan otibham tuzalmasa, opkasida sil tayoqchalari rivojlanib ketadi. Aytmoqchi bolganim, kasallik bu boy yoki bu kambagal deb otirmaydi.

Statistik malumotlarga kora, bu kasallikka koproq ayollar chalinarkan. Sababi ular kop siqiladi, parhez qilib, toyib ovqat yemaydi. Shuning uchun har bir ayol oz sogligi haqida oylashi kerak.

Hozir silga chalinganlarga yordam beryapman

Davolanganimdan song outrichlarda bir muddat volontyor bolib ishladim. Menga oxshab silga chalinganlarga maslahatlar berdim. Ularni kasalxonalarga yubordim. Hozir u tashkilot yopildi. Lekin faoliyatimni toxtatganim yoq. Har kuni turli xil viloyatlardan qongiroqlar bolib turadi. Kuni kecha Koreyadan bir talaba yigit telefon qildi. Aytishicha, isitmasi tushmay, tinmay yotalayotgan ekan. Biroq oilasi bilan kelganligini, Ozbekistonga qaytib borishning iloji yoqligini tushuntirib, maslahat soradi. Men hamma hujjatlaringiz joyidami, desam bir haftada tayyor bolishini aytdi. Unda hujjatlaringizni tayyorlang-da, shifoxonaga boring. Bepul davolashadi. Agar kasallikka jiddiy qaramasangiz, yuqumli turiga aylansa, sizni deport qilib yuboradi deb tushuntirdim. Hamma narsani boshidan oldini olgan maqul.

Hozir qurilishda ishlayapman. Rossiyaga borganimcha yoq. Bolmasa kasalligim tufayli meni chiqarib yuborishlari mumkin. Bundan tashqari, shu yerdagi silga chalingan yurtdoshlarimizga beminnat yordam berayapman.

Agar hozir kimdir ularga yordam bermasa, davolanishga majburlamasa, menga oxshab 4-5 oylab yuraveradi. Vaqt otganidan keyin u yuqumliga aylansa, oilasiga, bolalariga yuqadi. Bolasi maktabga borsa, sinfidagi 30 ta bolaga, eng yomoni, u butun maktabga yuqtirishi mumkin.

Bir kuni bozorga borgandim. Bir kishi shashlik pishirib sotyapti. Etibor berib qarasam, tinmay yotalyapti. Oldiga borib, siz yomon yotalyapsiz, yuring, tekshirishga olib boray desam yoq, boshligim ruxsat bermaydi deb turib oldi. Keyin rahbarining oldiga kirib, agar hozir bu odamni tekshirishga olib ketmasam, sizlarni SESga topshirvoraman deb qorqitdim. Rozi bolishdi. Shashlikchini tekshirganimizda, unda silningeng yuqumli turi aniqlandi. Agar u shashlikka qarab yotalsa, uni yegan odamning imminuteti past bolsa, tuberkulyozga chalinishi mumkin. Undan yana boshqasiga otadi. Oylab koring, bir kunda nechta odam bozorga keladi?

Dard mehmon

Yillar otib tushundimki, dard inson uchun aslida bir sinov, kimni kimligini ajratib olishi uchun imkoniyat ekan. Bilasizmi, kasal bolib Xorazmga qaytganimda kopchilik iloji boricha men bilan korishmaslikka harakat qilardi. Mabodo yuzma-yuz kelib qolsak, kozlarida qandaydir havotirni his qilardim. Sorashgisi kelmasdi. Lekin Allohga shukr, bunday ogir paytda oilam, eng yaqin insonlarim yonimda turdi. Birga dardni yengib otdik. Hozir soppa- sogman.

Hozir silga chalinganimdan uyalmayman yoki kimdir men bilan gaplashmay qoyishidan qorqmayman. Hozir men kabi kasallikka chalinganlarga yordam beryapman. Nechtasi sogayib, rahmat aytib ketdi. Yaqinlaringiz yoningizda bolsa, harakatlaringiz besamar ketmayotgan bolsa, insonga shu yetadi. Qolganlari qiziqmas.

Xonzodabegim Azamova suhbatlashdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-02-2020, 12:27)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -