» » Uxan aholisiga koronavirus sabab o‘z mikrorayonlarini tark etish taqiqlab qo‘yildi

Uxan aholisiga koronavirus sabab o‘z mikrorayonlarini tark etish taqiqlab qo‘yildi


Hukumat Uxan aholisiga koronavirus sabab o‘zlari istiqomat qiladigan mikrorayonlarni tark etishni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Xususan, har bir mikrorayonda bitta ochiq chiqish joyi qoladi. Uyidan chiqqan va kirgan har bir fuqaroning tana harorati o‘lchanadi. Arzirli sababsiz turar joy komplekslariga kirish, shuningdek, ulardan tashqariga chiqish taqiqlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1523 kishini tashkil etmoqda. Xubey provinsiyasida COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 54 ming kishidan oshib ketgan.

Mavzuga doir: Misrda koronavirusga yo‘liqish bo‘yicha birinchi holat kuzatildi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi virusologiya laboratoriyasida 2020-yilning yanvar oyidan boshlab 13-fevral kunigacha 850 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirilgan. Ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют