» » AQSh koronavirus sabab Yaponiyada karantinda turgan sayohat kemasidan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qiladi

AQSh koronavirus sabab Yaponiyada karantinda turgan sayohat kemasidan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qiladi


Amerika hukumati Yaponiyadagi Yokogama portida koronavirus sabab karantinda turgan Diamond Princess sayohat kemasidan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Kasalliklar profilaktikasi va ularni nazorat qilish markazining rasmiy vakili Genri Uolkka tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kema ichida 380 ga yaqin AQSh fuqarosi bo‘lib, ular Yaponiyadan ikkita samolyotda olib ketiladi. Ular 16-fevral, yakshanba kuni, Amerikaga yetib kelishi kerak.

Amerikalik shifokorlar fuqarolarning ahvolini tekshiruvdan o‘tkazadi. Yo‘tali bor, tana harorati yuqori va infeksiyaning boshqa alomatlari kuzatilgan fuqarolar aviareysga chiqarilmaydi.

Taxminlarga ko‘ra, evakuatsiya qilingan AQSh fuqarolari Kaliforniya shtati yaqinida Trevis aviabazasiga joylashtiriladi. U yerda fuqarolar qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazilib, ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Diamond Princess sayohat kemasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 218 kishini tashkil etmoqda. Avvalroq kemada to‘rt nafar Qozog‘iston fuqarosi ham borligi ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Diamond Princess sayohat kemasi joriy yilning 20-yanvar kuni Yokogamadan chiqib, Kagosima—Gonkong—Okinava yo‘nalishidan o‘tib, 3-fevral kuni qaytib kelgan. Bu vaqtga kelib kemadagi bir necha kishi tobi qochgani haqida xabar qilgan va hukumat bortdagi barchani tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan. 11-fevral kuni sayohat kemasidagi keksalar va surunkali kasalliklarga ega bemorlarni sohilga evakuatsiya qilish boshlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют