» » Belarusdagi shakar zavodlarining direktorlari o‘z aybini bo‘yniga oldi

Belarusdagi shakar zavodlarining direktorlari o‘z aybini bo‘yniga oldi


Belarusdagi shakar zavodlarining direktorlari o‘z ayblarini tan olib, kolxozda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdi. Bu haqda Respublika prezidenti Aleksandr Lukashenkoga tayanib, “CTV” kanali xabar berdi.

Belarus yetakchisi ushbu vaziyat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi: “Mana, hozir o‘tirishibdi (qamoqda — tahrir.) bizni qo‘yib yuboring, kolxozga borib go‘ng tashiymiz deb. Men esa ularga ‘Biz panshaxa bilan go‘ng ortmay qo‘yganmiz, shunday ekan o‘tiringlar’, dedim”.

Lukashenkoning aytishicha, “shakar ishi”ga aloqador shaxslar qilgan jinoyatlarini tan olgan va o‘zlarining ozod qilinishini so‘ramoqda. “Seni kim qamoqqa o‘tqazdi — o‘zingni o‘zing-ku”, — deydi Belarus yetakchisi.

Respublikadagi barcha shakar zavodlarining direktorlari 28-yanvar kuni qo‘lga olingan edi. Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, tergov ishlarini Belarus davlat xavfsizlik qo‘mitasi olib bormoqda. “Shakar ishi” bo‘yicha jami 11 kishi qo‘lga olingan. Xususan, Gorodey shakar kombinatining direktori Mixail Krishtapovich dam olishga uchib ketayotganida ushlangan. Shu sabab Belarus kuch tuzilmalari Minsk—Myunxen reysini o‘zgartirib, uni Grodnoda qo‘nishga majbur qilgandi.

Lukashenkoning so‘zlariga qaraganda, qo‘lga olinganlar shakarni Rossiya savdo uyiga arzon narxlarda yetkazib bergan, shundan keyin bozorlarda qimmat narxda sotgan. O‘rtadagi farqni zavod direktorlari olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют