» » Eron TIV rahbari Sulaymoniyning o‘limidan keyin AQSh bilan urush boshlash ehtimoli bo‘lganligi haqida gapirdi

Eron TIV rahbari Sulaymoniyning o‘limidan keyin AQSh bilan urush boshlash ehtimoli bo‘lganligi haqida gapirdi


Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Zarif general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilganidan so‘ng, Eron AQSh bilan urush boshlashga juda yaqin turganini ma’lum qildi, deb xabar beradi NBC.

Zarifning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qotillik AQShning mintaqadagi harakatlari “yakunlanishining boshlanishi”ga sabab bo‘lgan. “Biz urush boshlashga juda yaqin turgandik, shu sababli Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi tajovuzkorlik akti bilan chiqdi”, — deydi vazir.

Avvalroq AQSh senati Trampning Eronga qarshi harbiy harakatlar olib borishi bo‘yicha vakolatlarini cheklovchi rezolyutsiyani ma’qullagan edi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik AQSh tomonidan Eronning eng nufuzli generali Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgach kuchaydi. Bunga javoban Eron 8-yanvar kuni AQShning Iroqda joylashgan ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalarini berdi. Keyinroq Eron tomonidan AQShning Iroqdagi bazasiga berilgan raketa zarbalari oqibatida 100 dan ortiq amerikalik jarohat olgani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют