» » Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq faoliyat tartibga solinadi

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq faoliyat tartibga solinadi


14-fevral kuni Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi majlisida O‘zbekistonning “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini birinchi o‘qishga tayyorlash yuzasidan ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Qonun loyihasi tashabbuskori – Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi vakillari.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish choralar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Loyihaning maqsadi kelgusida ishchi muhitni takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlari uchun ko‘proq erkinlik va imkoniyatlar berish asosida yangi ish joylarini tashkil etishdan iboratdir. Unda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat egaligida bo‘lgani singari yuridik va jismoniy shaxslar egaligida ham bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgani bilan alohida ahamiyatga ega.

Qo‘mita majlisida deputatlar qonun loyihasidagi ba’zi kamchiliklarni tuzatish, loyihaga taalluqli barcha hujjatlar Qonunchilik palatasi reglamentiga muvofiq tayyorlangan bo‘lishi va to‘liq taqdim etilishi lozimligini qayd etib o‘tdi. Bundan tashqari, loyihada sohada ishlatiladigan atama va asosiy tushunchalarning haddan tashqari ko‘p ishlatilgani, ayrim moddalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan norma talabiga javob bermasligi tanqid qilindi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va realizatsiyasini nazorat qilish tartibi belgilandi

Majlis yakunida qo‘mita a’zolari ushbu loyihaning qabul qilinishi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olishda, mamlakatning zargarlik faoliyatni tartibga solishda asosiy hujjat bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidlagan holda, uni palata majlisida birinchi o‘qish uchun deputatlar hukmiga havola etishga qaror qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют